Soddalashtirilgan arab tili grammatikasi
16 900 UZS
Munir nashriyoti
Ўзбек тили (кирилл)
Arab tili, u haqida gapirishganidek juda murakkab til emas, balki juda boy til. Aslida esa talaba arab tilini o‘rganish mobaynida duch keladigan barcha muammolar arab tilining murakkabligida emas, balki boshqa sabablarga bog‘liq. Aynan shuning uchun, talabaga yordam berish maqsadida u bilishi zarur bo‘lgan arab tilining bir necha asosiy grammatik qoidalarini o‘zida jamlagan bu kitobni havola qilyapmiz.
Biz imkon qadar grammatika qoidalarini matematik qoidalarga o‘xshab quruq yodlab olishga asoslangan o‘quv uslublardan chetlashishga harakat qildik. Agar talaba aynan shu tarzda bilim olishga harakat qilsa, u ko‘p mehnatini va vaqtini bekorga sarflaydi, shuningdek, bunday uslub bilim olish jarayonini qiyinlashtirgani uchun, ehtimol, tilni o‘rganishga bo‘lgan ishonch va umidning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Shirin
28.06.2025

Samandar
14.06.2025
zoʻr

Moʻminova Sabina
07.06.2025
zo'r 👌

Mansur Ahmedov
05.06.2025
Alloh rozi boʻlsin

Оллохёр
25.05.2025
Араб тили
Shirin