Saodat asri qissalari
59 000 UZS
Munir nashriyoti
Ўзбек тили (кирилл)
Ahmad Lutfiy Qozonchi – hozirgi zamon turk adibi, tarixchi olim. Eʼtiboringizga havola etilayotgan «Saodat asri qissalari» asli olti jild asar bo‘lib, nomidan ko‘rinib turganidek, saodat asridan, dinimiz tarixidagi ulkan voqealardan, xossatan, Janobi Payg‘ambarimizning (alayhissalom) tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar muborak hayotlaridan hikoya qiladi. Bu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlardan farqi – muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni ishonchli manbalarga – hadisi sharif va siyrat kitoblariga suyangan holda ketma-ketlikda qo‘yib, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirganidir. Natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan.
Bu asar o‘zbek o‘quvchilarimizga ancha yillardan beri tanish: shu paytgacha o‘zbekchada bir necha marta qayta chop etilgan. Inshaolloh, ushbu nashr ham sizlarga yoqadi, degan umiddamiz.

Maftuna
14.02.2026

Feruza Kenjibaeva
11.02.2026
ajoyib

Abdu Pulatov
08.02.2026
bu kitobni o‘qiganlar hech qachon yomon yo‘lga kirmaydi

Bobomurod Xamdamov
20.01.2026
Juda ajoyib kitob

Alsu
16.09.2025
...

🥰🥰🥰