Qiyomat va o'limdan so'ng o'limni eslash
19 000 UZS
Munir nashriyoti
Ўзбек тили (кирилл)
Bu kitob inson hayotidagi eng muhim masalalardan biri – o‘lim va undan keyingi holatlar haqida so‘z yuritadi.
Asar insonni dunyoviy hayotga qattiq bog‘lanib qolishdan ogohlantirib, oxiratni yodga olib yashash, hayotning har bir lahzasini maʼnaviy komillik va taqvo bilan o‘tkazish zarurligini taʼkidlaydi. Unda o‘limning og‘irligi, qabr hayoti, farishtalarning so‘rog‘i, qayta tirilish, hisob-kitob, jahannam va jannat manzaralari keng qamrab olingan. Muallif bu mavzularni Qurʼoni karim oyatlari, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam hadislari va solih zotlarning hikmatli so‘zlari bilan asoslab beradi.
Kitob o‘quvchini nafsni tarbiyalash, gunohdan yuz burib, yaxshilikka intilish, dunyoga aldanmaslik va har doim oxiratni yodda tutishga daʼvat etadi. Imom G‘azzoliyning samimiy va taʼsirli uslubi, qalbga taʼsir qiluvchi naqllari va ibratli hikoyalari bu asarni nafaqat ilmiy, balki maʼnaviy, tarbiyaviy jihatdan ham boy manbaga aylantiradi.

Ulug‘bek
17.01.2026

Razzoqova Sharofat
01.01.2026
zoʻr

Alhamdulillah Munir Marketda mehnat qilayotganlari barchasidan Alloh rozi bo‘lsin. Kitoblar ancha arzon va noyob eng zo‘r kitoblar bor ekan. kimlargadir bilim uchun ozroq pul mablag‘ sarflash qo‘rqinchli va yomon tuyular lekin men sizlarning mehnatizni tushunaman va ming bor rozi bo‘lib harid qilaman. Tekin qilmang kim hohlasa harid qilib o‘qisin xoxlamasa o‘zi biladi. 2016 dan buyon elektron kitoblar o‘qiman. deyarli hilolnashr elektron kitoblarini barchasini harid qilganman. Mutolaa ilovasidanham harid qildim 5,6 kitob bir kun bu ilovani ko‘rib qoldim va shu shu Faqat Munir ilovasi kitoblariga bog‘lanib qoldim ishoning juda ajoyib topilma bo‘ldi. InshaAlloh bir boshidan o‘qib barcha elektron kitoblarni harid qilmoqchiman. Alloh madad bersi o‘z panohida asrasin to‘htamanglar.