Mukoshafatul qulub
90 000 UZS
Munir nashriyoti
Avgust 3, 2021 yil
472 sahifa
Qattiq muqova
17x24 sm
Ўзбек тили (кирилл)
Ming yillardan buyon butun dunyoda “Hujjatul Islom” unvoni bilan ulug‘lanib kelayotgan Imom Abu Homid G‘azzoliy asarlari Islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha e’tiborga olingani, teran tafakkur va idrok etilgani, tushuntirilgani bilan ajralib turadi. E’tiqodiy masalalarga alohida xassoslik, mehr-muhabbat bilan yo‘g‘rilgan bu sifatlar, shubhasiz, o‘quvchilarni ham insonning dunyoga kelishidagi ilohiy hikmat, yashashdan maqsad hamda vazifalari haqida chuqur o‘ylashga undaydi.
Allomaning “Qalblar kashfiyoti” deb nomlangan ushbu kitobida ham Alloh taologa doimo itoatda, qo‘rquv va zikrda, sevgi-muhabbatda bo‘lish fazilatlari hamda U Zotni, Rasulini unutish oqibatida shaytonning ochiq dushmanligi bilan inson tabiati va hayotining turli sohalarida halokatli holatlar kelib chiqishi haqida ta’sirli, jozibali hikoya qilinadi. Asar Payg‘ambarimizning (sollallohu alayxi va sallam) butun umri singari ibratli bo‘lgan so‘nggi kunlari hamda vafotlarini bayon etish bilan yakun topgan.

Kamolova
03.10.2025

Ruziboyeva Gulsevar Nasriddin Qizi
01.10.2025
Tarifga til ojiz juda kotta ibrat

Safarjon
02.09.2025
zur kitob

10.07.2025
🥰

Nastya Nasiba
21.05.2025
яхши китоб
juda ham foydali, tafakkurga eltuvchi, qalblarga kirib boruvchi kitob