Mavlidi Barzanjiy
30 000 UZS
Munir nashriyoti
128 sahifa
Qattiq muqova
13 x 20 sm
Ўзбек тили (кирилл)
Biz musulmonlar olamlar sarvari, koinot faxri, payg‘ambarlarning oxirgisi, butun olamlarga rahmat qilib yuborilgan nabiy Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan muborak oyda u zotga bo‘lgan yuksak ehtirom va muhabbatimizni yana-da chuqurroq izhor qilishga buyurilganmiz. Allohning Rasulini yaxshi ko‘rish iymonimizning belgisidir, u zotni yaxshi ko‘rishimiz Alloh taoloni sevishimizdandir.
Alloh taolo O‘zining Kalomi sharifida shunday marhamat qilgan: “Payg‘ambar mo‘minlarga o‘zlaridan ham haqliroqdir...” (Ahzob surasi, 6-oyat).
Chunki buni Payg‘ambar alayhissalomning o‘zlari ham bizga taʼlim berib shunday deganlar: “Banda nazdida uning ahlidan, molidan, odamlarning barchasidan afzal bo‘lmagunimcha u (komil) mo‘min bo‘la olmaydi” (Imom Muslim rivoyati).
Ushbu kitobdan xalqimiz uchun ardoqli bo‘lgan asar — «Barzanjiy mavlidi»ning arabcha matni, kirillcha o‘qilishi va o‘zbekcha tarjimalari joy olgan.