Hamma narsani bilishni istayman: Uyingizdagi ajoyib fizik jarayonlar


84 000 UZS

Ovozlar yo'q

Xaridlar yo'q


Nashriyot

Munir nashriyoti

Sahifa soni

48 sahifa

Kitob muqovasi

Qattiq muqova

20.5x29

Kitob tili

O'zbek tili (lotin)

“Fizika – men qo‘rqadigan zerikarli fan...” dersiz, to‘g‘rimi? Qani, unga yaqinroqdan nazar solaylik-chi. Buning uchun yotoqxonangizdan yaxshiroq joy bo‘lmasa kerak. Ehtimol, u karavotingiz ostidagi isitish tizimiga yashirinib olgandir? Yoki kiyimjavondagi nur qaytaruvchi futbolkaga aylanganmikan? Balki, vaqti-vaqti bilan sirli ravishda o‘chib qoladigan chang bosgan eski elektr taqsimlagich qutisiga kirib olgandir... Lekin haqiqatan shunaqa bo‘lishi mumkinmi?

Fizika sizni xuddi magnit kabi o‘ziga tortadimi yoki stolingiz ostida qo‘rquvdan dir-dir titrashingizga sababchi bo‘ladimi? Qo‘rqmang va bu kitobni o‘qing. U sizga fizikaning qanchalik ajoyib fan ekanligini va, eng muhimi, uni haqiqatan ham hamma joyda topish mumkinligini ko‘rsatadi.

Asta-sekin butun uyingizni poldan shiftgacha o‘rganib chiqa boshlaysiz: oshxonadagi javlon urib qaynayotgan choynakdan tortib hojatxonadagi g‘alati bukilgan quvurgacha. Holat o‘zgarishlari, elektr quvvati, radiatsiya va barcha kuchlar qayerda yashiringanini o‘zingiz uchun kashf qilasiz. Ajoyib tajribalar ham sizni kutib turibdi! Lekin shu yerda ogohlantirish o‘rinli – ulardan biri tepa sochingizni tikka qilishi mumkin!

Izohlar yo‘q

Izohlar qoldirilgandan so‘ng ko‘rishingiz mumkin

Do‘konimizdagi barcha kitoblarni o‘qish endi juda ham oson!

Do‘konimizdagi kitoblarni barchasini o‘qish imkonini olish uchun iOS va Android OS ga mo‘ljallangan ilovalarimizni yuklab oling!

Saytdan maksimal foydalanish uchun bizning ilovalarimizni o'rnatib oling