Hamma narsani bilishni istayman: Shamanlardan to neyrojarrohlargacha
84 000 UZS
Munir nashriyoti
64 sahifa
Qattiq muqova
20.5x29
O'zbek tili (lotin)
Odamzod qayerda hayot kechirsa, kasallikning ko‘plab turlari: xoh yengil, xoh og‘ir bo‘lsin, borligi rost. Bugungi kunda sog‘ligimiz posboni bo‘lmish shifokorlar bizga xizmat ko‘rsatishadi. Lekin o‘tmishda-chi, o‘tmishda bu holat qanday bo‘lgan... Sivilizatsiya bo‘lmagan tosh asrida va undan keyingi davrlarda insoniyat kasalliklardan qanday himoyalangan?
Yer sayyorasidagi eng qadimgi shifokorlar – shamanlar o‘z davrlarida kuchli shifokorlar hisoblanishgan. Ular o‘t-u giyohlardan qanday foydalanish hamda tabiat kuchlarini yaxshi bilishlari bilan ajralib turishgan. Qolaversa, qabiladoshlari tasavvurida tabiatning sehrini tushungandek taassurot uyg‘otishgan. Boshqa tarafdan qaraganda, o‘sha davrda oddiy yaralar va jarohatlarni har kim ham davolay olishi mumkin edi. Buning uchun ular hayvonlarni kuzatishlari hamda instinktlariga ko‘ra ish tutishlari kerak bo‘lardi, xolos.
Qadimgi dunyo, O‘rta asrlar, Uyg‘onish davri yoki yaqin XX asrda tibbiyotdagi holatlar, farqlar qanday bo‘lgan? Bularning barchasi haqida qo‘lingizdagi kitob sahifalaridan ma’lumot topasiz. Shunday ekan, keling, shamanlar, jarrohlar, shifokor-u tabiblar faoliyatiga bir nazar tashlab ko‘ramiz.