Baxtli bo'lay desangiz... (Saodat kalitlari)
8 500 UZS
Munir nashriyoti
Ўзбек тили (кирилл)
Ushbu kitob mashhur olim, ona tilimizda “O‘kinma” va “Tabassum qiling” kabi asarlari chop etilgan doktor Oiz Qarniy qalamiga mansub. Kitobda muallif baxt-saodatga erishishning yo‘llari, tushkunlikka tushmaslik, mahzunlikdan qutulish, hayot mazmunini to‘g‘ri anglash, qiyinchilikka tushib qolganda undan qutulishning oson yo‘llari haqida bayon qiladi. Shuningdek, insondagi adog‘i yo‘q neʼmatlar zikri, Alloh taologa chin bandalik qilish, Haq taoloning bizga ko‘rsatgan lutf-marhamati, saxiyligi, mehribonligi, yaqinligini his qilish, yaratiqlardan ibrat olish va boshqa mavzular haqida oyatlar, hadislar, hikmatli so‘zlar, hayot tajribalari, pand-nasihatlarni chiroyli uslub, go‘zal bayon orqali qisqa va sodda tarzda ifoda etgan.
Kitobni teran nigoh bilan o‘qigan inson, albatta, o‘zgaradi, dunyodagi o‘ziga mashaqqat bo‘lib ko‘ringan narsalar Allohning hikmati ekanligini biladi. Tavsiyalarga amal qilsa, o‘sha mashaqqatlar neʼmat ekanligini his etadi, ortidan beriladigan ajr-mukofotni o‘ylab, siqilishi va xavotirlari bosiladi.
Alloh taolo ushbu kitobni barcha kitobxonlarga manfaatli qilsin, jumlamizga ikki dunyo saodatini, haqiqiy rohat-farog‘atini nasib aylasin (Omiyn).
Farangiz Rahmatova
20.01.2024
Malikabonu Sadullaeva
17.09.2023
китоб ни сотиб олгандим лекин факат 4 та сахифани очпяти
Mehrangiz Farmanova
17.03.2023
🥰
Assalom alaykum nimaga faqat 4 ta sahifasi ochilyabdi