Ommaviy offerta
1. Asosiy qoidalar
1.1. Mazkur hujjat «Munir.uz» platformasidan foydalanishga doir majburiy normalar
majmuyini (Foydalanish qoidalari) belgilaydi hamda quyidagi bitimlarni tuzish uchun ommaviy
oferta hisoblanadi:
– Oferent (xizmat ko‘rsatuvchi) va foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan «Munir.uz»
platformasida haq evaziga taqdim etiladigan onlayn adabiyotdan foydalanish uchun xizmat
ko‘rsatish shartnomasi;
– Oferent (sotuvchi) va foydalanuvchi (sotib oluvchi) o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi.
1.2. Foydalanuvchi Platforma va Axborot resursidan foydalanishdan oldin mazkur Oferta
va qonun talablari bilan tanishib, maxsus qabul qilish belgisi orqali tasdiqlashi lozim.
1.3. Foydalanuvchi platformadan foydalanish qoidalariga muvofiq foydalanishi lozim.
1.4. Foydalanuvchi o‘zi tanlagan xizmat uchun to‘lovni amalga oshirgan vaqtdan boshlab
mazkur ommaviy ofertani xizmat ko‘rsatish shartnomasi kesimida, shuningdek, o‘zi sotib
olmoqchi bo‘lgan mahsulot uchun to‘lovni amalga oshirgan vaqtdan esa oldi-sotdi shartnomasi
kesimida to‘liq aksept qilgan (bitim tuzgan) hisoblanadi.
1.5. Ofertaning amal qilish muddati har bir mahsulot (xizmat) turi uchun platformada
alohida belgilanadi.
1.6. Mazkur ofertani aktsept qilish orqali foydalanuvchi mazkur ofertaning ajralmas qismi
va muhim shartlari hisoblangan quyidagi shartlarni ham qabul qiladi:
- Tushunchalar;
- Bitim predmeti;
- Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Adabiyotdan onlayn foydalanish xizmatini taqdim etish;
- Mahsulotni yetkazish;
- To‘lovlar;
- Huquq va majburiyatlar;
- Platformadan foydalanish tartibi;
- Axborot resursidan foydalanish uchun foydalanuvchi qurilmasiga texnik talablar;
- Intellektual mulk;
- Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik;
- Fors-major;
- Taraflarning javobgarligi;
- Shartnomani muddati, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi;
- Tartibga soluvchi qonun va nizolarni hal qilish;
- Yakuniy qoidalar;
- Oferentning rekvizitlari.
2. Tushunchalar
2.1. Mazkur oferta maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Aksept – foydalanuvchi tomonidan ushbu oferta shartlarining to‘liq va so‘zsiz qabul
qilinishi (bitim tuzishi).
Akkaunt (shaxsiy kabinet) – platformada shaxs ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng,
foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tish mobaynida to‘ldirilgan o‘ziga tegishli ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan hamda foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda kiritilgan login va parol
bilan himoyalangan virtual kabinet.
Axborot resursi – platformada mavjud axborot tizimidagi ma’lumotlar, matnlar,
materiallar, grafik elementlar, dizayn, rasmlar, fotosuratlar va video materiallar, musiqa,
skriptlar, kompyuter dasturlari va boshqa intellektual faoliyat natijalari.
Platforma – oferent tomonidan yaratilgan intellektual faoliyat natijasi bo‘lgan «Munir.uz»
platformasi (intellektual mulk obyekti)dan mazkur ofertada belgilangan imkoniyatlarni taqdim
etuvchi maxsus sayt va mobil ilova.
Xizmat – Oferent tomonidan yaratilgan, «Munir.uz» platformasi orqali foydalanuvchilarga
onlayn adabiyotdan haq evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etiladigan funktsiyalar
majmuyi.
Mahsulot – Oferent tomonidan «Munir.uz» platformasi vositasida oldi-sotdi shartnomasi
orqali foydalanuvchilarga haq evaziga sotiladigan tovar va moddiy qimmatliklar.
Taraflar (tomonlar) – oferta bo‘yicha bitim tuzishda ishtirok etayotgan oferent va
foydalanuvchi.
Foydalanuvchi – platformada belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ofertaga roziligini
tasdiqlagan voyaga yetgan jismoniy shaxs. Voyaga yetmagan shaxs ota-onasi yoki uning o‘rnini
bosuvchi vasiy, homiy yoxud boshqa shaxs (keyinchalik – ota-ona) nazoratida foydalanuvchi
bo‘lishi mumkin. Bunda xizmatlar uchun pul to‘lash masalasi ota-onalar zimmasiga yuklatiladi.
Ushbu majburiyat bajarilmaganligi oqibatida kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha Oferent javobgar
emas.
Shaxsiy raqam – Platforma tomonidan foydalanuvchiga berilgan, takrorlanmas raqam
bo‘lib, foydalanuvchiga pullik xizmatlarni ko‘rsatishda hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi
identifikatsiya raqami (UserID) hisoblanadi.
Oferent (litsenziar, sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) – O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yurituvchi «BOOK MEDIA SHOP» MChJ.
3. Bitim predmeti
3.1. Oferent, intellektual faoliyat natijasi (Platforma)ga nisbatan mutlaq huquq egasi
sifatida intellektual mulk obyektidan foydalanishga ruxsat beradi, foydalanuvchi esa mazkur
Ofertada belgilangan tartibda foydalanish majburiyatini oladi.
3.2. Mazkur ofertaning predmetiga muvofiq:
– xizmat ko‘rsatuvchi (Oferent) foydalanuvchiga platformada joylashtirilgan onlayn
adabiyotdan haq evaziga foydalanish imkoniyatini taqdim etadi, foydalanuvchi esa ushbu onlayn
adabiyotdan mazkur Ofertada belgilangan tartibda foydalanadi. Bunda tanlangan adabiyot
foydalanish huquqi to‘lovlar amalga oshirilgan kundan boshlab 2 (ikki) oy muddat (bir davriy
sikl) davomida taqdim etiladi;
– Oferent (sotuvchi) foydalanuvchi (sotib oluvchi)ga Platformada mavjud mahsulotlarni
platforma vositasida internet orqali onlayn (masofaviy) tarzda sotadi, foydalanuvchi esa ushbu
mahsulotni mazkur Ofertada belgilangan tartibda sotib oladi (haqini to‘laydi).
3.3. Shartnomaning shartlari oferent tomonidan bir tomonlama platformada joylashtirilgan
qo‘shimcha maʼlumotlar (mahsulotlar narxi, yetkazib berish xizmatlari narxi, mahsulot
xususiyatlari va boshqalar) bilan belgilanadi. Platforma, sayt yoki oferentning boshqa servislari,
ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari, kanallari hamda ilovalarida ko‘rsatilgan narhlar xosting
komissiyalari hamda boshqa qo‘shimcha xarajatlar hisobiga farqlanishi mumkin.
3.4. Platformada keltirilgan barcha maʼlumot materiallari faqat maʼlumot olish uchun
mo‘ljallangan, shuningdek, ranglar, o‘lchamlar va shakllarni o‘z ichiga olgan mahsulotlarning
xususiyatlari va tavsifi to‘g‘risida ishonchli maʼlumotlarni to‘liq va aniq yetkaza olmaydi,
ularning ishonchli ekanligi uchun Oferent javobgar emas.
3.5. Oferent aktseptantga ofertada ifodalangan xizmatlar va mahsulotlarni shaxsan yoki
uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda taqdim etishga haqli.
4. Foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish
4.1. Platformaga kirish uchun foydalanuvchi veb-saytda / mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tish
tartibini bajaradi va natijada foydalanuvchining shaxsiy raqami (ID) yaratiladi va foydalanuvchi
ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kiritgan login va parol orqali Shaxsiy kabinetga kirish huquqini
oladi.
4.2. Platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tish shakliga muvofiq
o‘zi haqida to‘g‘ri, to‘liq va aniq ma’lumot beradi. Foydalanuvchi o‘zi haqidagi ma’lumotlarni
haqqoniyligiga javobgar.
4.3. Basharti, foydalanuvchi tomonidan yolg‘on yoki noaniq ma’lumotlar kiritilsa yoki
Oferent kiritilgan ma’lumotlarni ishonchsiz deb hisoblashiga asos bo‘lsa, Oferent ushbu
ma’lumotlarning to‘g‘riligi tasdiqlanmagunga qadar foydalanuvchining shaxsiy kabinetidagi
funksiyalarni qisman yoki to‘liq bloklash huquqiga ega.
4.4. Foydalanuvchi Platformada faqat bitta akkauntga ega bo‘lishi mumkin. Platformada
ro‘yxatdan o‘tayotganda boshqa shaxsga taqlid qilish yoki uchinchi shaxslarning ma’lumotlarini
taqdim etish mumkin emas.
4.5. Platformada foydalanuvchining avtorizatsiyasi (shaxsiy kabinetga kirish) login
(ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi ko‘rsatgan telefon raqami) va parol (kalit so‘z) asosida
amalga oshiriladi.
4.6. Foydalanuvchi Platformada ro‘yxatdan o‘tish mobaynida parolni, Oferent tomonidan
yuqori xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘shimcha murakkablik talablarini inobatga olgan
holda mustaqil ravishda o‘rnatadi.
4.7. Shuningdek foydalanuvchi o‘z Gmail, Facebook, Apple akkauntlari orqali ham
ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
4.8. Foydalanuvchi shaxsiy logini va parolining xavfsizligi va uchunchi shaxslarga
o‘tmasligi uchun shaxsan javobgardir. Uchinchi shaxslar foydalanuvchining login va parolidan
foydalanganligi uchun Oferent javobgar emas.
4.9. Foydalanuvchi shaxsiy kabinet parolini unitgan hollarda va yoki foydalanuvchi login
va parolidan foydalanib platformaga uchinchi shaxslarning kirgan barcha holatlar to‘g‘risida
zudlik bilan Platforma mas’ul xodimiga xabar beradi. Bunday xabar kelguniga qadar
foydalanuvchi tomonidan login va parol yordamida amalga oshirilgan Axborot resursidan
foydalanish bo‘yicha barcha harakatlar foydalanuvchining o‘zi tomonidan amalga oshirilgan deb
hisoblanadi.
4.10. Oferent ushbu Ofertani buzishi, bajarmasligi yoki foydalanuvchidan ushbu Ofertaga
muvofiq xabarnoma olsa, shuningdek, foydalanuvchi Shaxsiy kabinetidan ketma-ket 6 oydan
ortiq muddat davomida foydalanmasa, Platformaning ayrim xizmatlariga kirishni cheklash,
foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga kirish imkoniyatini qayta verifikatsiya (tasdiqlash
taomili)ga qadar blokirovka qilish huquqiga ega.
5. Adabiyotdan onlayn foydalanish xizmatini taqdim etish
5.1. Adabiyotdan onlayn foydalanish xizmati mazkur oferta foydalanuvchi tomonidan
aksept qilingan vaqtdan boshlab taqdim qilinadi.
5.2. Adabiyotdan onlayn foydalanish xizmatidan foydalanish uchun foydalanuvchi talab
etiladigan barcha ma’lumotlarni to‘liq to‘ldirishi va belgilangan to‘lovni amalga oshirishi lozim.
5.3. Adabiyotdan onlayn foydalanish xizmati foydalanuvchiga to‘lov amalga oshirilgan
vaqtdan boshlab 2 (ikki) oy mobaynida ko‘rsatiladi va mazkur muddat tugagach, keyinchalik
qo‘shimcha to‘lov evaziga xos muddatga uzaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.
5.4. Foydalanuvchi adabiyotdan onlayn foydalanish xizmati uchun to‘lovni amalga
oshirgan vaqtdan boshlab 1 soat ichida ushbu adabiyotdan onlayn platforma orqali foydalanish
imkoniyati bilan ta’minlanadi. Foydalanuvchiga onlayn adadiyotdan foydalanish imkoniyati
berilgan vaqtdan xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi.
5.5. Xizmat uchun amalga oshirilgan to‘lov qaytarilmaydi.
5.6. Foydalanuvchi onlayn adabiyotdan foydalanish uchun tegishli mobil ilovani yuklab
olishi lozim.
6. Mahsulotni yetkazish
6.1. Mazkur oferta bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasini amalga oshirish uchun foydalanuvchi
Platformada ro‘yxatdan o‘tishi, yetkazib berish manzilini ko‘rsatishi va sotib olinayotgan
mahsulot uchun hamda yetkazib berish uchun to‘lovni amalga oshirishi lozim.
6.2. Sotib olingan mahsulotni foydalanuvchiga topshirish (yetkazib berish) mahsulotni
yetkazuvchi yoki aloqa tashkiloti tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Foydalanuvchi o‘z ixtiyoriga (tanloviga) ko‘ra Platformaga integratsiyalashgan yetkazib
beruvchi tashkilotlardan birining xizmatidan foydalanishi mumkin.
6.3. Oferent buyurtma qilingan mahsulotlar mavjud bo‘lmasa yoki unga bog‘liq bo‘lgan va
bo‘lmagan sabablarga ko‘ra buyurtma shartlarini bajara olmasa, buyurtmani to‘liq yoki qisman
bekor qilishga (rad etishga) haqli bo‘lib, bu haqda foydalanuvchiga ro‘yxatdan otishda
ko‘rsatilgan aloqa vositalari orqali xabar yuborish orqali yoki Oferent uchun qulay bo‘lgan
boshqa usulda xabar beradi.
6.4. Sotuvchining sotib oluvchiga mahsulotni topshirish vazifasi quyidagi paytlarda
bajarilgan hisoblanadi:
- agar shartnomada sotuvchining mahsulotni yetkazib berish majburiyati nazarda tutilgan
bo‘lsa, mahsulotni sotib oluvchiga yoki u ko‘rsatgan shaxsga topshirish paytida;
- agar mahsulot sotib oluvchiga mahsulot turgan yerda berilishi lozim bo‘lsa, mahsulotni
sotib oluvchi ixtiyoriga topshirish paytida. Shartnomada nazarda tutilgan muddatda mahsulot
tegishli yerda sotib oluvchiga topshirish uchun tayyor bo‘lgan va sotib oluvchi shartnoma
shartlariga muvofiq mahsulot topshirishga tayyor ekanligidan xabardor qilingan vaqtda mahsulot
sotib oluvchi ixtiyoriga topshirilgan deb hisoblanadi.
6.5. Sotuvchining mahsulotni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki
aloqa tashkilotiga topshirishi mumkin. Bunda mahsulotni yetkazib berish tartibi va shartlari
tashuvchiga yoki aloqa tashkiloti tomonidan belgilanadi, mahsulotni yetkazib berish harajatlari
sotib oluvchi tomonidan qoplanadi.
6.6. Sotuvchining mahsulotni sotib oluvchiga yetkazib berish uchun tashuvchiga yoki
aloqa tashkilotiga topshirgan paytida sotuvchining mahsulotni sotib oluvchiga topshirish
majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
6.7. Sotib oluvchi oldi-sotdi shartnomasining mahsulotlar miqdori, assortimenti, sifati,
butligi, idishi va (yoki) o‘ralishi to‘g‘risidagi shartlari buzilganligi haqida qonunchilikda yoki
shartnomada ko‘zda tutilgan muddatda, agar bunday muddat belgilangan bo‘lmasa,
shartnomaning tegishli sharti buzilganligi mahsulotlar xususiyati va vazifasidan kelib chiqqan
holda aniqlanishi lozim bo‘lganidan so‘ng oqilona muddatda sotuvchiga ma’lum qilishi shart.
6.8. Sotib oluvchida rasmiylashtirilgan buyurtmani qabul qilib olish imkoniyati
bo‘lmaganda, buyurtma shartlari (buyurtma raqami va/yoki Sotib oluvchi FIO) haqida ma’lumot
bera oladigan, shuningdek, buyurtmani yetkazib beruvchiga buyurtma narxini to‘liq to‘lay
oladigan (agar to‘lov avvaldan amalga oshirilgan bo‘lmasa) boshqa shaxsga beriladi.
6.9. Buyurtmani boshqa shaxs qabul qilib olsa, buyurtma shartlari haqida ma’lumot boshqa
shaxslarga oshkor bo‘lishi uchun javobgarlikni mazkur ofertaga muvofiq sotib oluvchi o‘z
bo‘yniga oladi.
6.10. Firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, buyurtmani onlayn to‘lov orqali
bank kartasi bilan to‘lashda, buyurtmani yetkazib beruvchi, sotib oluvchining shaxsini
tasdiqlovchi hujjatini bank kartasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan taqqoslash uchun talab
qilishga haqlidir.
6.11. Mahsulot sotib oluvchiga (shuningdek, rasmiylashtirish paytida ko‘rsatilgan
manzilda buyurtmani qabul qilgan har qanday shaxsga) yetkazib berilgandan boshlab
Oferentning ushbu oferta bo‘yicha majburiyatlari to‘liq bajarilgan hisoblanadi.
7. To‘lovlar
7.1. Mazkur ofertaga muvofiq taqdim etiladigan xizmat yoki hamda sotib olinayotgan
mahsulot uchun to‘lov elektron to‘lov tizimlari vositasida yoki naqd pul shaklida amalga
oshiriladi. To‘lov shakli va miqdori har bir mahsulot va xizmat uchun Platformada alohida
belgilanadi.
7.2. Sotib olinayotgan mahsulot uchun to‘lov oldindan elektron to‘lov tizimlari vositasida
yoki mahsulot yetkazib berilgan vaqtda naqd pul to‘lovi orqali amalga oshiriladi.
7.3. Mazkur ofertani amalga oshirish bilan bog‘liq amalga oshirilgan to‘lovlarga nisbatan
foydalanuvchining banki va bank korrespondent komissiyasi va boshqa xarajatlari foydalanuvchi
tomonidan, Oferentning banki komissiyasi va boshqa xarajatlari Oferent tomonidan to‘lanadi.
7.4. Oferent o‘z xohishiga ko‘ra Platforma va Axborot resursining tarkibini shakllantiradi,
uning alohida qismlarini o‘zgartiradi, yangilaydi, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi,
shuningdek, Platforma va Axborot resursiga asoslangan holda mustaqil yoki unga bog‘langan
boshqa turdagi xizmatlarni taklif etishga haqli.
7.5. Mazkur Oferta doirasida hisob-kitob valyutasi O‘zbekiston Respublikasi so‘mi
hisoblanadi.
7.6. Mazkur Oferta doirasida O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bilan hisob-kitoblar
chet el valyutasida amalga oshiriladi. Bunda mahsulot va xizmat narxi O‘zbekiston Respublikasi
so‘mida belgilanib, to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan to‘lov kunida
belgilangan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
8. Huquq va majburiyatlar
8.1. Foydalanuvchining huquqlari:
– Foydalanuvchi (sotib oluvchi) o‘ziga nooziq-ovqat mahsuloti topshirilgan paytdan
boshlab o‘n kun mobaynida xarid qilingan tegishli sifatli mahsulotni xarid joyida yoki sotuvchi
e’lon qilgan boshqa joylarda o‘lchami, shakli, hajmi, andazasi, rangi, to‘plami boshqacha
bo‘lgan xuddi shunday mahsulotga almashtirishga haqli, bunda u narxlarda farq bo‘lgan taqdirda
sotuvchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshiradi;
– Foydalanuvchi (sotib oluvchi)da almashtirish uchun zarur mahsulot bo‘lmaganida sotib
oluvchi xarid qilingan mahsulotni sotuvchiga qaytarib berish va unga to‘langan pul summasini
olish huquqiga ega;
– Platformada e’lon qilingan ma’lumotlar bilan oldindan to‘liq tanishish, ulardan
belgilangan tartibda foydalanish;
– Platformaga joylashtirgan shaxsiy ma’lumotlarini istalgan vaqtda tahrirlash yoki ularga
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
– O‘ziga tushunarsiz holatlar yuzasidan Oferent tomonidan tashkil etilgan aloqa vositalar
orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olish;
– Istalgan vaqtda Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tish, qayta ro‘yxatdan o‘tish (o‘zgartirish)
yoki ro‘yxatdan o‘tishni bekor qilish;
– Xizmatdan foydalanish jarayonida vujudga kelgan savollar va/yoki ularga berilgan
javoblarda noaniqlik va xato aniqlagan taqdirda, aloqa vositalari orqali platforma ma’sul shaxsga
yoki ma’muriyatga murojaat etish;
– Ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan huquqlardan foydalanish, shuningdek, o‘zga
shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazmaydigan, boshqa qonunlarda
belgilangan huquqlardan foydalanish.
8.2. Foydalanuvchining majburiyatlari:
– Foydalanuvchi (sotib oluvchi) o‘ziga sotuvchi tomonidan topshirilgan mahsulotni qabul
qilib olishi shart, u mahsulotni almashtirib berishni talab qilish yoki oldi-sotdi shartnomasini
bajarishni rad etishga haqli bo‘lgan hollar bundan mustasno;
– Agar shartnomada mahsulot haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lmasa,
foydalanuvchi (sotib oluvchi) sotuvchiga topshirilgan mahsulotning to‘liq bahosi miqdorida haq
to‘lashi lozim;
– Platformada faoliyat yuritish maqsadida foydalanilayotgan qurilmaning sozligi va
foydalanish uchun minimal texnik talablarga javob berishi, shuningdek, Oferentga bog‘liq
bo‘lmagan har qanday holatlar bo‘yicha mas’uliyatni shaxsiy zimmasiga olish;
– Platformadan qonunga va ushbu Ofertaga zid ravishda foydalanmaslik, shuningdek,
Platformaga kiritilgan shaxsiy ma’lumotlarni va to‘lovlarni ongli ravishda va ixtiyoriy amalga
oshirish;
– Platforma orqali shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, pornografik
mazmundagi, giyohvand moddalar, qurol tarqatilishiga va ularga bo‘lgan qiziqish oshishiga
turtki bo‘ladigan, terrorizmning istalgan shaklini, har qanday noqonuniy faoliyatni
ommalashishiga olib keladigan materiallarni Platformaga aloqador ijtimoiy tarmoqlarga
yubormaslik;
– Shaxsiy ma’lulotlarini Platformaga kiritishda (ro‘yxatdan o‘tishda) boshqa shaxslarni
tahqirlovchi, haqoratlovchi, qo‘pol, zararli, tajovuzkor, g‘iybatli, tuhmat va behayo mazmunga
ega bo‘lgan yoki huquqiy normalarni buzadigan ma’lumotlarni joylashtirmaslik;
– Platformadagi o‘z shaxsiy ma’lumotlarini, shu jumladan shaxsiy kabinetga kirish uchun
zarur bo‘lgan login va parolining platformaga kirish maqsadida foydalanilgan qurulmaning
xavfsiz emasligi natijasida uchinchi shaxslarning ixtiyorida bo‘lib qolmasligini ta’minlash;
– Platformaga va mazkur Ofertaga kiritiladigan o‘zgartirishlar bilan muntazam tanishib
borish;
– Mazkur Oferta va qonunda belgilangan majburiyatlar va xalqaro huquq me’yorlariga
hurmat bilan munosabatda bo‘lish.
– Foydalanuvchi tomonidan yuqoridagi majburiyatlar bajarilmasligi yoki lozim darajada
bajarilmasligi Oferent tomonidan qonunda va ushbu Ofertada belgilangan tartibda chora
ko‘rilishiga sabab bo‘ladi;
8.3. Foydalanuvchi quyidagi taqiqlangan holatlarga yo‘l qo‘ymasligi, ularni barvaqt
aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rishi, Oferentni o‘z vaqtida xabardor qilishga majbur:
– Mahsulotlarni radio, televideniye, internet, boshqa elektron va bosma axborot vositalari,
shuningdek, mobil ilova va boshqa manbalarda har qanday usulda ommaga joylashtirish, e’lon
qilish va yetkazish;
– Asarni to‘liq yoki qisman uchinchi shaxsga berish, tarqatish yoki o‘zgalarning har
qanday shaklda foydalanishiga imkoniyat yaratish;
– Asarlarni to‘liq yoki qisman yuklab olish, takrorlash, nusxa ko‘chirish va qayta ishlash,
uchinchi shaxsga berish, tarqatish yoki o‘zgalarning har qanday shaklda to‘sqinliksiz,
cheklanmagan va nazoratsiz tarzda foydalanishiga imkon berish;
– Asarlar matni (yoki yozuvlarini) o‘zgartirish yoki boshqa tarzda qayta ishlash;
– Intelluktual mulk muhofazasiga doir qonun hujjatlari talablarini buzadigan harakatlarni
amalga oshirish (ofertada aniq ko‘rsatilgan usullar bundan mustasno);
– Platforma, sayt tizimi, mobil ilova va oferentning boshqa dasturiy ta’minot tizimiga
aralashuv, unda har qanday nosozliklar yaratishga urinish, ish faoliyatini to‘xtatib turish, normal
ishlashiga to‘sqinlik qilish, oferent yoki uchinchi shaxsga zarar yetkazishga urinish.
8.3. Oferentning huquqlari:
– Foydalanuvchi akkaunti (shaxsiy kabineti) orqali bajarilgan barcha harakatlar
foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblash;
– foydalanuvchi tomonidan Platformada amalga oshirgan har qanday harakat uchun
javobgar bo‘lmaydi;
– foydalanuvchi tomonidan ushbu Ofertada belgilangan majburiyatlarni qo‘pol ravishda
buzilgan yoki faoliyatni tashkil etish jarayonida boshqa qonunbuzarliklar aniqlangan taqdirda,
tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish;
– foydalanuchi Platformada amalga oshirgan har qanday harakatlar haqidagi ma’lumotlarni
qayta ishlash;
– Platforma interfeysi va xizmatlar ko‘rsatish jarayoniga, shuningdek, mazkur foydalanish
Ofertaga va ko‘rsatilayotgan xizmat va sotilayotgan mahsulot narxiga bir tomonlama o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish;
– foydalanuvchi tomonidan to‘lov to‘liq amalga oshirilmaguniga qadar xizmat
ko‘rsatmaslik;
– o‘z ixtiyoriga ko‘ra bonuslar va cash-back programmalarini e’lon qilish;
– ushbu foydalanish Oferta va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish.
8.4. Oferentning majburiyatlari:
– Oferent (sotuvchi) sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan mahsulotni
topshirishi;
– agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, Oferent
(sotuvchi) sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek,
qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti,
sifat sertifikati, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va hokazolar)ni topshirishi;
– Oferent (sotuvchi) mahsulotni sotib oluvchiga uchinchi shaxslarning har qanday
huquqlaridan ozod holda topshirishi shart, sotib oluvchi uchinchi shaxslarning huquqlari bo‘lgan
mahsulotni qabul qilishga rozilik bergan hollar bundan mustasno;
– Oferent (sotuvchi) sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasining butlik to‘g‘risidagi
shartlariga muvofiq bo‘lgan mahsulotni topshirishi shart;
– Platforma va undagi barcha funksiyalarini uzluksiz ishlashini ta’minlash (xizmat
ko‘rsatuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bundan mustasno);
– foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlanishini ta’minlash;
– Platformaning yangi imkoniyatlari to‘g‘risida Platformada ma’lumot joylash va
foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga «push-xabarnoma» jo‘natish orqali foydalanuvchi va
hamkorlarni xabardor qilib borish;
– ushbu Oferta va qonunda ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarish.
9. Platformadan foydalanish tartibi
9.1. Platformadan foydalanish uchun qurilmalar (shaxsiy kompyuter, noutbuk va boshqa)
ushbu Ofertada belgilangan tavsiya etilgan minimal texnik talablarga javob berishi lozim.
Ofertaning minimal texnik talablarga nomuvofiqligi xizmat ko‘rsatish sifatini va uzluksizligini
ta’minlash borasida Oferentning javobgarligini istisno etadi.
9.2. Platformada ro‘yxatdan o‘tish jarayonini tugatgandan so‘ng, foydalanuvchi Shaxsiy
kabinetga kirish huquqini oladi. Shaxsiy kabinetda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari,
shuningdek, uning Platformadan foydalanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud.
9.3. Foydalanuvchiga Platformaning odatiy (normal) faoliyatini buzish, yo‘q qilish yoki
cheklash uchun mo‘ljallangan viruslar yoki boshqa kompyuter kodlari, fayllar, dasturlarni o‘z
ichiga olgan materiallarni yuklash, yuborish, uzatish yoki boshqa yo‘l bilan Platforma faoliyatiga
ta’sir o‘tkazish taqiqlanadi. Qayd etilgan holatlarning aniqlanishi Oferent tomonidan tegishli
vakolatli organlarga murojaat qilishga asos bo‘ladi.
9.4. Oferent Platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan
elektron pochta manziliga reklama va axborot xarakteridagi xabarlarini yuborish huquqiga ega.
9.5. Platformadan uzluksiz foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida foydalanuvchiga
jami 3 (uch) tagacha foydalanish nuqtasidan Platformaga kirish imkoniyati yaratiladi. Oferent
sababini tushuntirmagan holda, oldindan ogohlantirishsiz, o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanuvchi
uchun belgilangan foydalanish nuqtalari sonini qisqartirishi yoki faqat bitta foydalanish nuqtasini
taqdim etishga haqli.
9.6. Platformadan bir foydalanuvchiga tegishli identifikator (login va parol) orqali bir
vaqtning o‘zida bir nechta shaxslar tomonidan yoki bir nechta nuqtadan foydalanishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
10. Axborot resursidan foydalanish uchun foydalanuvchi qurilmasiga texnik talablar
10.1. Oferent Platform va boshqa axborot resurslarining Google Chrome, Apple Safari,
Mozilla Firefox, Opera, Chrome for Android, Samsung Internet, Microsoft Edge, Internet
Explorer brauzerlarida ishlashini kafolatlaydi. Platform va boshqa axborot resurslarining Chrome
(87+), Safari (13+), Firefox (85+), Opera (73+), Chrome for Android (87+), Samsung Internet
(10+), Edge (87+), Internet Explorer (10+) joriy (amaldagi) versiyalarida ishlashi kafolatlanadi.
10.2. Mobil ilovalarning texnik soz holatda ishlashi (foydalanish) uchun talablar:
10.2.1. Operatsion tizim uchun talablar:
iOS Android
minimal qo‘llanuvchi versiya 13 8
maksimal qo‘llanuvchi versiya 15 12
10.2.2. Ekran uchun talablar:
Android
ekran zichligi oriyentatsiya ekran o‘lchamlari (piksel)
443 ppi Portret 1080 х 2160
523 ppi Portret 1440 х 2960
444 ppi Portret 1080 х 2280
421 ppi Portret 1080 х 2400
515 ppi Portret 1440 х 3200
Ekran hajmi
Normal
iOS
Qurilma Ekran diagonali (dyum) Ekran o‘lchamlari
piksel PPI
iPhone SE 4.0 640 х 1136 326
iPhone 12 Pro 6.1 1170 х 2532 460
iPhone 12 Pro Max 6.7 1284 х 2778 458
iPhone 13 Pro 6.1 1170 х 2532 460
iPhone 13 Pro Max 6.7 1284 х 2778 458
11. Intellektual mulk
11.1. Platformada joylashtirilgan Axborot resursini tashkil etuvchi va barcha obyektlar,
shu jumladan cheklanmagan ma’lumotlar, matnlar, materiallar, grafik elementlar, dizayn,
rasmlar, foto va video materiallar, musiqa, skriptlar, kompyuter dasturlari, xizmatlar, tuzilma va
ularga bo‘lgan huquqlar («Intellektual mulk obyektlari») Oferentga tegishli.
11.2. Foydalanuvchi unga foydalanish uchun taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual
mulk obyektlarini uchinchi shaxslarga har qanday shaklda tarqatishi taqiqlanadi.
11.3. Foydalanuvchi Intellektual mulk obyektlaridan faqat shaxsiy maqsadlarida ushbu
Oferta va qonunda nazarda tutilgan shartlar doirasida Platformaning funksional imkoniyatlari
doirasida foydalanishga haqli.
11.4. Foydalanuvchi Platforma orqali foydalangan Intellektual mulk obyektlarining unikal
ID raqami vositasida Intellektual mulk obyektlarining uchinchi shahslarga foydalanuvchi orqali
tarqatilganligi aniqlangan taqdirda, Oferent ushbu foydalanuvchini javobgarlikka tortish
choralarini ko‘radi.
11.5. Intellektual mulk obyektlaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish maqsadida
Oferent har qanday himoya vositalaridan – Intellektual mulk obyektlariga kirishni nazorat
qiluvchi, taqiqlovchi, cheklovchi texnologiyalar, texnik vositalar yoki ularning tarkibiy
qismlaridan foydalanishga haqli.
12. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va maxfiylik
12.1. Taraflar shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish doirasida olingan har qanday
ma’lumotlari bilan ishlashda maxfiylikni ta’minlashni va ushbu ma’lumotlardan faqat yuqoridagi
majburiyatlarni bajarish maqsadida foydalanishni va ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga
oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar.
12.2. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etish orqali
mazkur bitimni tartibga soluvchi qonun doirasida Oferent tomonidan ularga ishlov berishga
(qayta ishlash) rozilik beradi. Ushbu rozilikni yozma shaklda rasmiylashtirilish talab etilmaydi.
12.3. Platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni majburiy
tarzda taqdim etishi kerak: unga kirish uchun parol yuboriladigan telefon raqami, shuningdek,
familiyasi va ismi. Shuningdek, shaxsiy kabinetga kirishda boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar
so‘ralishi mumkin.
12.4. Oferent foydalanuvchini Platformada ro‘yxatdan o‘tkazish va unga avtorizatsiya
qilish, shartnoma tuzish va rasmiylashtirish, shuningdek, foydalanuvchi oldidagi majburiyatlarini
bajarish uchun foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi.
12.5. Oferent quyidagi maqsadlarda foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta
ishlashga haqli:
– Foydalanuvchini platformada ro‘yhatdan o‘tkazish;
– foydalanuvchi oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarish;
– foydalanuvchiga xizmatlarni taqdim etish, shu jumladan foydalanuvchi tomonidan
shaxsiy (maqsadli) reklama olish;
– foydalanuvchidan fikr va mulohaza olish, platforma ishini baholash va tahlil qilish;
– Platformaning xizmatlari va bo‘limlarini takomillashtirishga, shuningdek, yangi
xizmatlar va Platforma bo‘limlarini ishlab chiqishga imkon beradigan ma’lumotlarni tekshirish,
o‘rganish va tahlil qilish;
– foydalanuvchiga xabarnomalarni elektron pochta orqali, SMS shaklida, push
xabarnomalar shaklida yuborish;
– Oferent tomonidan o‘tkaziladigan aktsiyalarda g‘olibni aniqlash uchun;
– xizmat predmetiga doir masalalar yuzasidan tatqiqot tashkil etish;
12.6. Oferent foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kiritish, o‘zgartirish,
oshkor qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi;
12.7. Oferent foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga faqat Platformaning ishlashi va
foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash uchun ushbu ma’lumotlar zarur bo‘lgan
xodimlar, agentlar, Oferentning affillangan shaxslariga foydalanish uchun kirish huquqini beradi;
12.8. foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni oshkor qilish sud va boshqa
vakolatli idoralar iltimosiga binoan, shuningdek, mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga
muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Ma’lumotlarni oshkor qilish mazkur bitimni tartibga
soluvchi qonunning asosli va amaldagi talablariga muvofiq ravishda oshkor qilinishi
majburiyatlarning buzilishi deb hisoblanmaydi;
12.9. Oferent qonun talablari doirasida (shu jumladan, foydalanuvchilarning noqonuniy
harakatlarining oldini olish maqsadida) foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlardan, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega;
12.10. foydalanuvchi o‘zining akkaunti (shaxsiy sahifasi)da joylashtirilgan
ma’lumotlarning egasi hisoblanadi. Oferent ma’lumotlarning shakllantirishda va foydalanishda
ishtirok etmaydi, boshqa shaxlar foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga kirishini nazorat qilmaydi
(ushbu Ofertada va qonunda belgilangan holatlar bundan mustasno);
12.11. shaxsiy sahifa (Shaxsiy kabinet)da ma’lumotlarni, shu jumladan, uning
foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarini joylashtirish orqali foydalanuvchi Platformaning
arxitekturasi va funksionalligini hisobga olgan holda ushbu ma’lumot boshqa foydalanuvchilar
uchun ochiq bo‘lishini tan oladi va roziligini bildiradi;
12.12. foydalanuvchining Platformadagi har qanday shaxsiy ma’lumotlarini joylashtirishi
foydalanuvchining o‘z tashabbusi va istagi bilan amalga oshirilib, foydalanuvchi o‘zi
joylashtirgan ma’lumotlarning mazmuni va qonunga muvofiqligi uchun mustaqil ravishda
javobgar;
12.13. foydalanuvchi o‘z sahifasidagi «Chiqish» tugmachasidan foydalangan holda
sahifadan xavfsiz chiqish uchun shaxsan javobgar. Oferent ushbu Oferta shartlari foydalanuvchi
tomonidan buzilishi natijasida shaxsiy ma’lumotlarning yo‘qolishi uchun javobgar emas;
12.14. Oferent, basharti, foydalanuvchi ushbu Oferta talabini buzganligi aniqlangan
taqdirda, foydalanuvchining akkauntini hech qanday tushuntirishlarsiz bloklash yoki to‘liq
o‘chirish huquqiga ega;
12.15. foydalanuvchi Oferentga shaxsiy sahifasi (kabineti)ni o‘chirish istagi to‘g‘risida
xabar berish orqali Platformadan foydalanishni to‘xtatishi mumkin;
12.16. Oferent foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish,
oshkor qilish yoki yo‘q qilishdan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi. Oferent
foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga faqat Platformaning ishlashini ta’minlash, oferta
shartlarini bajarish va foydalanuvchiga xizmatlar ko‘rsatish uchun ushbu ma’lumotlarga muhtoj
bo‘lgan Oferentning xodimlari, pudratchilari va agentlariga kirish huquqini beradi;
12.17. foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, ya’ni familiyasi, ismi, otasining ismi,
elektron pochta manzili, Platformada foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan boshqa
ma’lumotlar Platformaning butun faoliyati davomida saqlanadi va qayta ishlanadi;
12.18. Oferent Platforma tarkibni shaxsiylashtirish va foydalanish tajribasini
takomillashtirish maqsadlarida cookie-fayllar (kompyuterda joylashtirilgan kichik matnli
fayllar)dan foydalanadi. Cookie-fayllarni o‘chirish yoki blokirovka qilish Platformada
foydalanuvchi interfeysiga ta’sir qilishi va Platformaning ba’zi tarkibiy qismlaridan
foydalanishning cheklanishiga sabab bo‘ladi;
12.19. Oferent ushbu ofertani amalga oshirish jarayonida olingan shaxsiy
ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash va foydalanuvchining roziligisiz ularning tarqalishiga
yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi;
12.20. Oferent xizmat ko‘rsatish jarayonida affillangan shaxslar, pudratchilar va xizmat
ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini
taqdim etishi shaxsga doir ma’lumotlarni maxfiyligini buzilishi hisoblanmaydi;
12.21. Agar Oferent tomonidan foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki shaxsiga doir
boshqa ma’lumotlarini uchinchi shaxs yoki zararli dasturiy ta’minotlar tomonidan ishlatilishi
haqida shubha tug‘ilsa, Oferent platformaga kirishni bir tomonlama cheklash huquqiga ega.
13. Fors-major
13.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim
darajada bajarmaganligi uchun, agar bunday vaziyat ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin
Tomonlar oldindan bilishi va uning oldini olishi mumkin bo‘lmagan favqulodda xususiyatga ega
voqealar natijasida vujudga kelgan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major holatlari) tufayli
yuzaga kelganligini va Tomonlar o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarish yuzasidan barcha
mumkin bo‘lgan va o‘zlariga bog‘liq bo‘lgan choralarni ko‘rganligini isbotlasa, javob bermaydi.
13.2. Quyidagilar fors-major holatlarga kiradi:
- urush holati va xarbiy harakatlar;
- davlat organlari tomonidan e’lon qilingan favqulodda holat rejimi;
- tabiy ofatlar ta’siri (zilzila, suv toshqini va hokazolar);
- davlat organlarining qarorlari va boshqa taqiqlovchi qarorlar.
13.3. Fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularning haqiqatda sodir bo‘lganligi
vakolatli davlat organlarining tegishli hujjati (ma’lumotnoma, sertifikat va boshqalar) bilan
tasdiqlanishi lozim.
13.4. Fors-major holatlar yuzaga kelishi to‘g‘risida Tomonlar bunday holatlar yuzaga
kelgan vaqtdan boshlab uch ish kuni ichida bir-birlarini xabardor qilishlari kerak.
14. Taraflarning javobgarligi
14.1. Taraflar mazkur oferta va qonun talablarini buzganlik, majburiyatlarini
bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonunda belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladilar.
14.2. Foydalanuvchi quyidagilar uchun javobgarlikni to‘liq zimmasiga oladi:
– Platformadan foydalanganlik uchun javobgarlik va xavfsizlik;
– foydalanuvchi logini va parolining uchinchi shaxs tomonidan foydalanganligi;
– har qanday qonun buzilishi va uning oqibatlari.
14.3. Oferent quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:
– Platformada ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlarning aniqligi va to‘g‘riligi;
– foydalanuvchining xizmatdan maqsadsiz, qonun va mazkur Oferta talablariga zid
ravishda foydalanishi natijasida uchinchi shaxslar oldida yuzaga kelgan majburiyatlar, shu
jumladan har qanday zarar;
– platformada foydalanuvchilar va boshqa uchinchi shaxslar tomonidan o‘zgalar
tomonidan qoldiriladigan izoh va sharhlar;
– oferentning aybidan qat’i nazar foydalanuvchining login va paroli yoki boshqa shaxsiy
ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lishi, foydalanishi natijasida yetkazilishi mumkin
bo‘lgan zarar;
– oferentning aybi yoki uzatishdagi har qanday xatolar tufayli foydalanuvchi yetkazilishi
mumkin bo‘lgan moddiy va ma’naviy zarar, uskunalarning buzilishi, ma’lumotlarning
yo‘qolishi, shikastlanishi, bilvosita yoki bevosita yetkazilgan zarar;
– oferentga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xizmat sifatining yomonlashishi,
kechikishi, tizimdagi uzilishlar, shuningdek, to‘lov tizimlari faoliyatidagi nuqsonlar;
– mazkur oferta va uni amalga oshirish jarayonida foydalanuvchiga yetkazishi mumkin
bo‘lgan har qanday bevosita va bilvosita zarar.
– foydalanuvchining internet tarmog‘iga, platformaga ulana olishi va to‘liq foydalana
olishi, platforma, sayt, dastur va boshqa har qanday yondosh servislardan foydalana olmasligi,
xatoliklar, yo‘qotishlar, uzilishlar, nuqsonlar va qayta ishlash va uzishdagi kechikishlar, aloqa
liniyalarining uzilishi, uskunalarning noto‘g‘ri ishlashi, telefon tarmoqlari, kompyuter tizimlari,
serverlar, provayderlar, kompyuter va telefon uskunalari, dasturiy va texnik nosozliklar, boshqa
muammolar, yetkazib beruvchilarning o‘z majburiyatlarini buzishi, sayt yoki oferentning boshqa
servis va dasturlarida joylashtirilgan foydalanuvchi ma’lumotlarining o‘g‘irlanishi, buzilishi,
yo‘qolishi, ularga noqonuniy hamda ruxsatsiz ulanish (kirish)lar va boshqa har qanday amal va
oqibat uchun;
– sayt, dastur yoki boshqa har qanday yondosh dasturlar orqali yetkazilgan zarar, yuzaga
kelgan harajatlar, yo‘qotishlar, yo‘qolgan ma’lumotlar, shuningdek, foydalanuvchining qadr-
qimmati, sha’ni, obro‘siga yetkazilgan zarar;
– foydalanuvchi asarlar, mahsulotlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirib, ulardan
foydalansa;
– foydalanuvchi xizmat va mahsulotning (asar yoki boshqa) sifati, mazmuni, dizayni,
adabiy-badiiy qiymati va boshqa ko‘rsatkichlaridan qoniqmasligi (mamnun bo‘lmasa).
14.4. Foydalanuvchinigng unga taqdim qilingan barcha turdagi Intellektual mulk
obyektlarini uchinchi shaxslarga qonun va mazkur Oferta talablariga zid ravishda har qanday
shaklda tarqatganligi unga nisbatan 10.000.000 (o‘n million) so‘m miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi. Mazkur Oferta va qonunda belgilangan jarimalarning to‘lanishi ikkinchi tarafga
yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
15. Shartnomani muddati, uni o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
15.1. Ushbu Oferta taraflar uchun aksept qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va ushbu
tomonlar Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarguniga qadar amal qiladi.
15.2. Basharti shartnoma biron bir sababga ko‘ra bekor qilingan taqdirda, ushbu
Shartnomaning maxfiylik to‘g‘risidagi qoidalari taraflar o‘rtasida ushbu Shartnoma tuzilgan kuni
tuzilgan alohida bitim sifatida harakat qilishda davom etadi va ushbu Shartnomaning matnidan
ajratilgan va ushbu maxfiylik to‘g‘risidagi shartlarning harakati (yuridik kuchi) muddatsiz davom
etadi.
15.3. Ushbu Oferta taraflarning manzil va bank rekvizitlari, ularning ta’sis hujjatlaridagi
o‘zgarishlar, mulkdorlarning o‘zgarishi, tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgarishi hollarida ham amal
qiladi. Taraflarning manzil va bank rekvizitlari yoki tashkiliy-huquqiy shakl o‘zgargan taqdirda,
taraflar bu haqda uch kun ichida bir-birlarini xabardor qilishlari va qo‘shimcha shartnomani imzolash
orqali ushbu Shartnomaga tegishli o‘zgartirishlar kiritishlari shart.
15.4. Taraflar mazkur Ofertada, Oferentning lokal hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va asoslarda ushbu Shartnomani muddatidan oldin bekor
qilish huquqiga ega.
16. Tartibga soluvchi qonun va nizolarni hal qilish
16.1. Mazkur oferta (shartnoma), shu jumladan uning haqiqiyligi, ijrosi va bekor qilinishi
bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq tartibga solinadi
(Tartibga soluvchi qonun, Governing law, Applicable law).
16.2. Mazkur oferta bilan bog‘liq munosabatlarni aniqlashtirish maqsadida xizmat
ko‘rsatish va litsenziyadan foydalanish joyi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri
begilanadi.
16.3. Mazkur Oferta bilan bog‘liq nizolar o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. O‘z
huquqlari buzilgan deb hisoblagan tomon boshqa tomonga nizoni ko‘rsatgan holda yozma
(elektron) e’tiroz yuboradi. Agar nizo e’tiroz olingan kundan boshlab 10 ish kuni davomida hal
qilinmasa, nizo mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunda belgilangan tartibda sud tomonidan
hal qilinadi.
17. Yakuniy qoidalar
17.1. Oferent xizmatlari “As is it” (mavjud holicha) tamoyili asosida, aniq yoki noaniq
maqsadlarga (shu jumladan foydalanuvchi ma’lumotlarini joylashtirish yoki saqlash) muvofiq
bo‘lish shartisiz har qanday kafolatlarsiz taqdim etiladi.
17.2. Foydalanuvchi mazkur oferta doirasida platformadan foydalanish bilan bog‘liq har
qanday masalalarda Oferentning tartibga soluvchi qonundan boshqa davlat qonunlari bo‘yicha
soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburayati yuzaga kelishi yoki har qanday xarajat
qilishining oldini oladi. Ushbu talabga zid ravishda Oferentning foydalanuvchi bilan munosabati
doirasida amalga oshirgan har qanday qo‘shimcha xarajati foydalanuvchi tomonidan qoplanadi.
17.3. Ofertada tartibga solinmagan masalalar mazkur bitimni tartibga soluvchi qonunga
muvofiq hal qilinadi.
17.4. Ushbu Ofertaning muayyan qismi qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb
topilishi yoki boshqa tarzda ijrosining cheklanishi, Ofertaning qolgan qismi amal qilishiga ta’sir
etmaydi.
17.5. Ushbu Oferta Platformada e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va amal
qilish muddati cheklanmagan.
17.6. Mazkur Oferta Oferent tomonidan tasdiqlanadi. Oferent Ofertaga (predmeti, to‘lov
miqdori (narhi), shakli, usuli, vositasi) o‘z ixtiyoriga ko‘ra istalgan vaqtda bir tomonlama
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish (shu jumladan, qisman yoki to‘liq bekor qilish)ga haqli.
Ofertaning yangi tahriri platformada e’lon qilingan (joylashtirilgan) vaqtdan kuchga kiradi.
Foydalanuvchi Ofertaning yangilanishini platforma orqali mustaqil kuzatib boradi.
18. Oferentning rekvizitlari
Nomi: «BOOK MEDIA SHOP» MChJ
Yuridik (pochta) manzili: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, A.Navoiy ko‘chasi, 44
uy.
STIR: 306 313 483
IFUT: 47610
Elektron pochta manzili: bookmediashop.uz@gmail.com
Telefon: +998712444545