Suyukli Payg'ambarim bilan 365 kun
Munir nashriyoti
O'zbek tili (lotin)
"Suyukli Payg‘ambarim bilan 365 kun" kitobi bolajonlarimiz uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak hayotlaridan hikoya qiluvchi ajib bir kitobdir. U zotning hayotlarini o‘rganish va undan ibrat olish mo‘minlar uchun saodatning bir manbayidir. Kitobdagi voqealar yosh avlodlarimizning fikrlashi va unga yondashishlarini inobatga olgan holda, sodda va tushunarli uslubda bayon qilingan. Shuningdek, o‘qilishi va qabul qilinishi oson bo‘lishi uchun kitob maʼlum qism, yaʼni kunlarga bo‘lib chiqilgan. Kitobning yaralishida Nurdan Damlaning "365 kunda sevgili Payg‘ambarim" kitobi asos qilib olindi. Kitobning ovozli shakli ham hosil qilinib, ichidagi suratlari boyitildi.
Siz, aziz ota-onalar, ushbu kitob orqali Nabiy sollallohu alayhi va sallamning xulqlari va u zotning ummat uchun qilgan ezgu ishlarini farzandlaringizga ham tanitishda ko‘mak berasiz, degan umiddamiz.

Sardor
09.10.2025

Umurzakova Bonuxon Azizovna
16.09.2025
Bolajonlar Va Kattalar Uchun Birdek Manfaatli Kitob, Hammaga Tavsiya Qilaman

Mirakmal Mirboboyev
05.08.2025
eng zor kitob menga juda yoqdi bosh qalarga ham tavsiya etaman

Zarnigor Usmonova Qosimjonovna
23.07.2025
kitobni elektron variantini qanday olsam bo'ladi?

Bulatova Gulchexra
09.07.2025
zor kitob
Eng Yaxshi Ko'rgan Kitobim