Saodat asri qissalari (4 talik)
228 000 UZS
Munir nashriyoti
1936 sahifa
Qattiq muqova
13 x 20 sm
Ўзбек тили (кирилл)
Ahmad Lutfiy Qozonchi – hozirgi zamon turk adibi, tarixchi olim. Eʼtiboringizga havola etilayotgan «Saodat asri qissalari» asli olti jild asar bo‘lib, nomidan ko‘rinib turganidek, saodat asridan, dinimiz tarixidagi ulkan voqealardan, xossatan, Janobi Payg‘ambarimizning (alayhissalom) tug‘ilishlaridan to vafotlariga qadar kechgan muborak hayotlaridan hikoya qiladi. Bu mavzuga bag‘ishlangan boshqa asarlardan farqi – muallif aniq tarixiy voqea-hodisalarni ishonchli manbalarga: hadisi sharif va siyrat kitoblariga suyangan holda ketma-ketlikda qo‘yib, o‘ziga xos badiiy yo‘sinda aks ettirganidir. Natijada u g‘oyat o‘qishli chiqqan.
Bu asar o‘zbek o‘quvchilarimizga ancha yillardan beri tanish: shu paytgacha o‘zbekchada bir necha marta qayta chop qilingan. Inshaalloh, ushbu nashr ham sizlarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.

Muslima
29.07.2025

Quvondiqov SARDORBEK
08.04.2025
zõr

Umidjon
17.01.2025
👍

Isroilov Muhammad ali
16.01.2025
i

Diyorbek Esonaliyev
31.10.2024
👍O'zbekiston
zo‘r kitob