Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati
40 000 UZS
Munir nashriyoti
240 sahifa
Qattiq muqova
13 x 20 sm
Ўзбек тили (кирилл)
Alloh taolo insonni ulug‘lab, uni O‘zining yerdagi xalifasi qilib yaratdi. Ko‘rish, hid va taʼm bilish, aql va tafakkur qilish neʼmatlarini ato etdi. Yerni inson hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha qulayliklarni o‘zida mujassam qilgan maskanga aylantirdi. Undagi jamiki narsalarni insonga bo‘ysundirib, uni sinov va imtihon qilishni iroda etdi. Lekin odam bolasi bu qulayliklar ichida yashab, ko‘zi o‘rganib qolganidan, ularga eʼtibor bermaydi. Aslida, Alloh yaratgan barcha narsa, hatto chumolida ham, chivinda ham moʻjiza bor, mo‘minga ibrat bor.